"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana "Arsenal"ga qarshi Angliya Premer-ligasining dastlabki o'yinida ishtirok eta olmadi.

Futbolchi hech qanday jarohati yo'q bo'lsa-da, tarkibdan chetlashtirildi.

Buni “qizil iblislar” bosh murabbiyi Ruben Amorim ham tasdiqladi.

"Onana jarohat olgani yo'q, u tuzalib ketdi... lekin boshqa o'yinchilar mavsum oldidan yaxshi o'yin ko'rsatishdi, shuning uchun men muvozanatni topishim kerak.

Kelasi hafta vaziyat o'zgarishi mumkin, ammo hozircha biz boshqa futbolchilarga imkon berdik", - dedi Amorim.