Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi kamerunlik darvozaboni Andre Onana jamoa mashg'ulotlariga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joylangan suratlarda jarohatdan so'ng maydonga qaytgan darvozabonni ko'rish mumkin. Yaqindagina Onana 2 oygacha safdan chiqqani aytilgandi, ammo ikki hafta bo'lmasidan u safga qaytdi.

O'tgan mavsumda unchalik barqaror o'yin ko'rsatmagan futbolchi hozircha "MYu"da qolmoqda. Manchester klubining Emiliano Martinesni o'z safiga qo'shib olishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi, Onananing o'zi jamoada qolishni xohladi.

U o'tgan mavsumda 50 ta o'yinda 65 ta gol o'tkazib yubordi va 12 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.