Olmo jamoadoshining klubga qo'shgan hissasini unutmaydi

"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo jamoani tark etib, "An-Nasr"ga o'tgan Inigo Martines bilan xayrlashdi.
34 yoshli markaziy himoyachi shanba oqshomida Saudiya Arabistoni jamoasining yangi transferi sifatida tanishtirildi.
"Birinchi kundan boshlab u shunchaki jamoadoshim emas edi. Maydonda va undan tashqarida haqiqiy etakchi, namuna va do'st.
Sizga va oilangizga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Sizni juda sog'inamiz, sardor", - deb yozdi Olmo ijtimoiy tarmoqda.