Odilov va Jiyanovning "Navbahor"dagi kelajagi oydinlashdimi?

Farg'onaning "Neftchi" klubi yozgi transfer oynasida ashaddiy raqiblaridan biri Namanganning "Navbahor" klubidan vingerlar Alisher Odilov hamda Ruslanbek Jiyanovni xarid qilishi haqida xabarlar chiqqan edi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Odilov 2-davrani ham "Navbahor"da o'tkazadi. Jiyanov esa katta ehtimol bilan Farg'ona klubiga o'tadi.