"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel darvozabon Robert Sanchesga shubha qilmoqda. 27 yoshli darvozabon tez-tez tanqid ostiga olinadi va nigeriyalik sobiq yarim himoyachi pozitsiyani mustahkamlash zarurligi haqidagi gaplarni qo'llab-quvvatlaydi.

"Menimcha, Sanches darvozabonlik pozitsiyasida "Chelsi" uchun uzoq muddatli echim emas. O'ylaymanki, klubning ko'plab muxlislari bu borada men bilan rozi bo'lishadi", - dedi Obi Mikel.

Seshanba kuni Robert Sanches londonliklarga klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "Fluminense" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonishga yordam berdi.