Obameyang yana Evropaga qaytmoqda

Hujumchi Per-Emerik Obameyang Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubini tark etib, Evropaga qaytishga yaqin turibdi. 36 yoshli gabonlik futbolchi klub bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish borasida kelishib oldi.
L'Equipe xabariga ko'ra, Obameyang "Marsel"ga qaytish niyatida. Provansalliklar afrikalik futbolchi bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzolashga tayyor. Eslatib o'tamiz, Per-Emerik 2023/2024 yilgi mavsumda frantsuz klubi sharafini himoya qilgandi.
Hujumchi o'tgan mavsumda 36 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Obameyangning transfer narxi 3,5 million evroga baholanmoqda.