Obameyang erkin agentga aylanadi

36 yoshli gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang bu yozda erkin agentga aylanishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, u va Saudiya Pro Ligasining «Al-Qodisiya» klubi o'zaro kelishuv asosida hamkorlikni tugatishga tayyor. Klub yoshroq hujumchini jamoaga olib kelishni maqsad qilgan.
Obameyang klub safida jami 36 ta o'yinda 21 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berishga ulgurdi.