"Manchester Siti"ning shveytsariyalik himoyachisi Manuel Akanji jamoani tark etishi mumkin. Avvalroq, Turkiyaning "Galatasaroy" klubi 30 yoshli shveytsariyalikning transferi bo'yicha "shaharliklar"ga rasmiy taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.

Jurnalist Rob Dousonning ta'kidlashicha, "Manchester Siti" Akanjini Turkiyaga qo'yib yuborishga tayyor, ammo agar klub taklif qilingan summadan qoniqsa.

Akanji 2022 yildan buyon ingliz grandi safida o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 40ta o'yinda qatnashib, 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.