Xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Salohiddin Azimov Shvetsiyaning “Sollentuna U-18” klubining a'zosiga aylandi.

Azimov mazkur jamoa ko'rigidan a'lo darajada o'tdi. 14 nafar o'yinchi ishtirok etgan saralash bahslarida o'zining yaxshi jihatlarini namoyish eta oldi.

O'tgan mavsumda Azimov yana bir hujumchimiz Jasurbek Rustamxonov bilan birga Chexiya ligasida o'ynadi, endi esa u Shvetsiya chempionatida o'z mahoratini namoyish etishi kerak bo'ladi.

Salohiddinga omad tilaymiz, ko'plab kiritilgan shaybalar va golli uzatmalar bo'lishini, hamda ushbu bosqich uning faoliyatida yangi yirik yutuqlarga yo'l ochishini istaymiz!

Manba: https://t.me/uz_hockey