O'zbekistonlik instruktorlar OFK seminarida ishtirok etmoqda

Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan tashkil etilgan nazoratchi instruktorlar uchun mo'ljallangan seminar bo'lib o'tmoqda. Ushbu seminarda Vladislav Tseytlin va Valentin Vovalenko ham ishtirok etmoqda.
Seminar davomida xalqaro tajriba, nazorat jarayonidagi ilg'or yondashuvlar hamda o'yinlarni tahlil qilish bo'yicha zamonaviy uslublar muhokama qilinmoqda.
Manba: daryo.uz