FIFA U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sentyabr oyida Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz yig'in doirasida xalqaro turnirda ishtirok etadi va 2025 yilgi U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Angliya, Kanada hamda Marokash o'smirlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

3 sentyabr
Angliya — O'zbekiston

6 sentyabr
Kanada — O'zbekiston

9 sentyabr
Marokash — O'zbekiston

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan