O'zbekiston futzal terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy jamoasi a'zolari navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun Toshkentdagi «Velara» mehmonxonasida jamlanishdi. Kunning ikkinchi yarmida Nodir Eliboev boshchiligidagi murabbiylar shtabi futzalchilar bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida ilk mashg'ulotni o'tkazishdi.
Bu galgi yig'in 26 iyul sanasiga qadar davom etadi. Murabbiylar shtabi yig'inga quyidagi futzalchilarni jalb etgan:
Darvozabonlar – Abbos Elmurodov, Abbos O'lmasbekov (har ikkalasi BMBdan), Shavkat Ibragimov («Oil Star»).
Himoyachilar – Ilhomjon Hamroev, Mehroj Yunusov («Oil Star»), Mashrab Odilov, Shahzod Sa'diev (BMB).
Qanot hujumchilari – Orzujon Asqarov, Samariddin Berkinov, Elbek To'lqinov («Oil Star»), Abrop Axmedzyanov (OKMK), Eldor Nig'matov («Lokomotiv»), Doniyor Saidahmedov (SQB), Muhammadali Husanboev (BMB), Abdurahmon To'xtaev («Paxtakor»).
Hujumchilar – Muazzafar Ahadjonov, Davlat Ibragimov (BMB), Fazliddin Botirov (OKMK), Timur Salimov («Oil Star»).