Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyi oxiri, sentyabr boshida CAFA Nations Cup-2025 turnirida ishtirok etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "oq bo'rilar" 1-turida O'monga qarshi legionerlarsiz o'ynaydi.

Legionerlarimiz FIFA kuni boshlangach (1 sentyabrdan keyin) Toshkentga etib kelishadi.