Bugun "Nasaf" ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida Muborakning "Mash'al" jamoasi bilan bellashdi.

Nazorat uchrashuvida "ajdarlar" 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdagi yagona golni 54-daqiqada Javohir Sidiqov kiritdi.

"Nasaf" ertaga ikkinchi davraga tayyorgarlik doirasida G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Nazorat uchrashuv.

18.07.2025 | 18:30

"Nasaf" 1:0 "Mash'al"

Gol: Javohir Sidiqov 54' (Sherzod Nasrullaev)

"Nasaf": Oleksandr Vorobey, G'olib G'aybullaev, Umarbek Eshmurodov, Murodbek Rahmatov, Javohir Sidiqov, Sharof Muhitdinov, Suhrob Nurulloev, Husayn Norchaev, Sherzod Nasrullaev, Diyorbek Abdunazarov, Oybek Bozorov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Yashnarbek Berdirahmonov, Samandar Toriov, Javohir Ubaydullaev, Stefan Cholovich, Toxir Qudratov, Zafar Sa'dullaev, Bahodir Halilov.

Manba: www.stadion.uz.