“An-Nasr” klubi mavsum oldi tayyorgarlik vaqtidagi so'nggi o'rtoqlik bahsini “Almeriya”ga qarshi o'tkazdi.

Gollarga boy kechgan bahsda 3:2 hisobida ispaniyalik futbolchilar muvaffaqiyat qozondi. Saudiyaliklar safida Krishtianu Ronaldu 17 va 39-daqiqada gol urdi.

Tanaffus vaqtida 40 yoshli portugaliyalik futbolchi zaxiraga olindi.

Shu tariqa, Ronaldu o'rtoqlik uchrashuvlarida 3ta o'yinda 6ta to'p kiritdi.