Madridning “Real” klubi mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida so'nggi o'rtoqlik uchrashuvida “Tirol”ni mag'lub etdi.

Avstriyada kechgan bahsda “qirollik” klubi 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Kilian Mbappe dublni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Militao va Rodrigo ham bir marotabadan avstriyaliklar darvozasini aniq nishonga oldi.

Endilikda jamoa La Liga 1-turidan o'rin olgan “Osasuna”ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'radi.

O'rtoqlik o'yini.

"Tirol" – "Real Madrid" – 0:4

Gollar: Eder Militao, 11, Mbappe, 13, 59, Rodrigo, 81