Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” klubi bugun Avstriyadagi yig'in doirasida “Fortuna Dyusseldorf”ga qarshi navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Mazkur bahs 1:0 hisobida turkiyalik futbolchilarning g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol O'mer Faruk Beyaz hisobiga yozildi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bahsni zaxiradan boshlab, 70-daqiqada o'yinga qo'shildi va jamoasiga g'alaba keltirgan golning hammuallifiga aylandi.

O'rtoqlik uchrashuvi.

“Istanbul Bashakshexir” – “Fortuna Dyusseldorf” 1:0