Belgiyaning "Antverpen" klubi muxlislari o'zbekistonlik futbolchi Muhammadali O'rinboevni transfer qilgach, klub sport direktori Mark Overmarsni tanqid qilishdi. Bu haqda "Fergana" Voetbalnieuws'ga tayanib yozmoqda.

"Overmars O'rinboev bilan 4 yillik shartnoma imzoladi, futbolchi yarim million evroga sotib olindi. "Diletantlar!" va "Firibgarlar to'dasi" - ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy munosabatlarning bir qismi, xolos," - deb yozadi Belgiya OAV.

O'rinboevning imzosi Overmarsning ishidan norozi bo'lgan muxlislarning sabr kosasini to'ldirgan tomchilardan biri bo'lgan ko'rinadi. Avvalroq muxlislar klub sport direktorini erkin agent sifatida asosiy himoyachi Jel Batayni qo'yib yuborgani uchun tanqid qilgandi.