"Nyukasl" yangi darvozabon masalasini deyarli hal qildi

"Nyukasl" va "Sautgempton" darvozabon Aaron Remsdeyl bo'yicha kelishuv shartlarini kelishib oldi.
Klublar ingliz futbolchisini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan joriy mavsum oxirigacha pullik ijarasi bo'yicha kelishib oldi, deb xabar beradi taniqli insayder Devid Ornshteyn.
Aaron Remsdeyl o'tgan mavsumda "Sautgempton" safida Premer-ligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, jami 66 ta gol o'tkazib yuborgan. "Avliyolar" turnir jadvalida so'nggi pog'onani band etib, Chempionshipga ravona bo'ldi.
27 yoshli darvozabonning Transfermarkt portalidagi narxi - 16 mln evro. "Sautgempton"ga o'tishdan oldin u uch yil davomida Londonning "Arsenal" klubida o'ynagan.