Qanot yaritm himoyachisi Jeykob Remsi "Aston Villa"dan "Nyukasl"ga o'tdi. Bu haqda "qarg'alar" matbuot xizmati xabar berdi.

24 yoshli futbolchi klub bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Kelishuv tafsilotlari ko'rsatilmagan, ammo insayder Fabritsio Romanoga ko'ra, Remsining transferi "Nyukasl"ga 46 million evroga tushgan.

Remsi "Aston Villa" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Butun davr mobaynida u asosiy jamoa tarkibida 167 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Remsining narxi 32 million evroni tashkil qiladi.