"Nyukasl" Sheshko uchun taklifni oshiradi

"RB Leyptsig" markaziy hujumchisi Binyamin Sheshko Angliyaning "Nyukasl" klubiga o'tishi mumkin.
Jurnalist Sebasten Vidalning ta'kidlashicha, "RB Leyptsig" "Nyukasl"ning Sheshko bo'yicha birinchi taklifini rad etganidan so'ng, "qarg'alar" yangi taklif - qat'iy belgilangan 75 million evro va 5-10 million bonus yuborishgan. Ta'kidlanishicha, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, Sheshko vakili bitimni yakunlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
O'tgan mavsumda 22 yoshli Sheshko barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 45 ta uchrashuvda qatnashib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.