Hujumchi Aleksandr Isak yaqin kelajakda "Nyukasl"ni tark etishi mumkin. Vaziyatni inobatga olgan holda, "qarg'alar" "Leyptsig" hujumchisi Benjamin Sheshko uchun kurashga qo'shilishdi.

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "Nyukasl" Sheskoning potentsial transferi narxi haqida ma'lumot olgan. Shu bilan birga, "qarg'alar" boshqa nomzodlar ustida ishlamoqda.

Avvalroq, matbuot 22 yoshli Sheshkoni Angliya Premer-ligasining boshqa klublari, jumladan, "Manchester Yunayted" bilan ham bog'lagan edi. Transfermarkt portali Benjamin Sheshkoni 70 million evroga baholamoqda.