"Nyukasl" Shon Longstaffni "Lids Yunayted"ga sotdi.

BBC xabariga ko'ra, yarim himoyachining transferi 12 mln funt va bonuslar evaziga amalga oshirilgan.

27 yoshli futbolchi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Longstaff "Nyukasl" safida 2018 yildan buyon to'p tepib kelayotgandi. Angliyalik futbolchi klub safida barcha musobaqalarda 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan.