"Nyukasl" Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Ugo Ekitikening transferi ustida ish olib bormoqda.

Frantsiyalik futbolchi "qarg'alar" tomonidan ustuvor transfer maqsadi sifatida belgilangan. Xabaringiz bor, "Ayntraxt" 23 yoshli futbolchi uchun 100 mln evro talab qilmoqda va bo'lajak xaridorlarga chegirma bermoqchi emas, ammo "Nyukasl"ni bunday narx qo'rqitmayapti. Jurnalist Grem Beylining yozishicha, ingliz klubi talabni qondirib, o'z transfer rekordini yangilashga tayyor.

Bugungi kunda "Nyukasl"ning eng qimmat xaridi 2022 yilning yozida "Real Sosedad"dan 70 million evroga sotib olingan Aleksandr Isak bo'lib qolmoqda.