"Nyukasl"ning 80 million evrolik taklifini "Ayntraxt" rad etdi

"Ayntraxt" "Nyukasl"ning Yugo Ekitike bo'yicha taklifini rad etdi.
Nemis klubi 23 yoshli hujumchini 80 million evroga sotishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg. Bu qaror asosan to'lov shartlari bilan bog'liq.
Bundan tashqari, "Ayntraxt" sport direktori Markus Kreshe futbolchi uchun kattaroq summa olmoqchi. Ba'zi klublar Ekitike uchun ko'proq pul to'lashga tayyor ekanliklarini allaqachon bildirishgan.
Bundesliganing o'tgan mavsumida frantsiyalik futbolchi 33 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.