"Nyukasl" "Milan" futbolchisi uchun taklifini yaxshilaydi

"Nyukasl" mudofaa chizig'ini kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Angliya Premer-ligasi klubi "Milan" himoyachisi Malik Tiav bo'yicha taklifni yaxshilagan.
Avvalroq, 24 yoshli Tiav "Nyukasl" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi. "Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchini o'z safida olib qolmoqchi edi, ammo endi Angliyadan yaxshilangan taklif kelib tushdi.
Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Malik Tiavni 18 million evroga baholamoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda "Nyukasl" Chempionlar ligasida ishtirok etadi. "Milan" joriy mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmaydi.