"Nottingem Forest" vingeri Entoni Elanga faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubi "Nyukasl"da davom ettiradi.

"Qarg'alar" va "o'rmonchilar" bitim shartlarini kelishib olishdi. Nufuzli insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 55 mln funtni (taxminan 64 mln evro) tashkil qiladi. Shvedning o'zi bilan ham kelishuvga erishilgan - u uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Entoni Elanga 2023 yilda "Manchester Yunayted"dan 16 mln evro evaziga "Nottingem Forest"ga o'tgandi. Angliya chempionatining o'tgan mavsumida 23 yoshli futbolchi 38 ta o'yinda 6 ta gol va 11 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.