"Nyukasl" Isak o'rniga London klubi hujumchisini sotib olmoqchi

Aleksandr Isak "Nyukasl"da o'ynashdan bosh tortmoqda va "Liverpul"ga o'tmoqchi, shuning uchun "hakkalar" o'ziga yangi hujumchi qidirmoqda.
Shvetsiyalik futbolchining o'rniga ustuvor variant sifatida "Kristal Pelas" vakili Jan-Filipp Mateta ko'rsatilgan, deb xabar bermoqda jurnalist Rudi Galetti. "Burgutlar" 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 40 mln funt (46 mln evrodan ortiq) so'ramoqda.
Aleksandr Isakning sotilishi "Nyukasl"ga 130 mln evrodan ko'proq foyda keltirishi mumkin. Hozircha "Liverpul"dan yangi taklif bo'lgani yo'q.
Angliya Superkubogi doirasidagi so'nggi o'yinda Jan-Filipp Mateta "Liverpul" darvozasiga gol urdi. O'tgan mavsumda frantsuz "Kristal Pelas" safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 4 ta golga hammualliflik qilgan.