"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak hech qaerga ketmasligi mumkin.

Shvetsiyalik o'zining "Liverpul"ga transferini talab qilmoqda va "hakkalar" safida o'ynashdan bosh tortmoqda. Shu bilan birga, jurnalist Lyuk Edvardsning yozishicha, "Nyukasl" 25 yoshli forvardning qolishiga ishonishda davom etmoqda. Klub futbolchining Eddi Xau jamoasiga qaytishi silliq o'tishiga va bu yozda sodir bo'lgan barcha voqealar oxir-oqibat unutilishiga va keyingi hamkorlikdagi ishlarga ta'sir qilmasligiga umid qilmoqda.

"Liverpul" Aleksandr Isak uchun taxminan 127 million evro taklif qildi, ammo "Nyukasl"dan rad javobini oldi. Hozircha yangi taklif bo'lgani yo'q, ammo futbolchi klublar o'rtasidagi muzokaralar qayta boshlanishini kutmoqda.