"Nyukasl" tez orada hujumchi Aleksandr Isak transferi bo'yicha klubga taklif tushishiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Taklifni 25 yoshli shvetsiyalikni anchadan beri kuzatib kelayotgan "Liverpul" berishi kutilmoqda.

"Liverpul"ning yaqin orada Isak bo'yicha ehtimoliy taklifi haqida Daily Mail nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, bunga mersisaydliklar tez orada Luis Dias uchun pul olishi yordam beradi - "Bavariya" bilan kelishuv rasmiylashtirilishiga oz qoldi.

Avvalroq, "Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Aleksandr Isak yozgi transferlar vaqtida hech qaerga ketmasligiga umid bildirgandi. Shvetsiyalik to'purar nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 120 million evroga baholanmoqda.