"Nyukasl" Isak bo'yicha "Liverpul"ga javob qaytardi

"Liverpul" hujumchi Aleksandr Isakning transferi tafsilotlarini bilish uchun "Nyukasl" bilan bog'landi. Biroq, "qizillar" Shvetsiya terma jamoasi futbolchisiga rasmiy taklif bilan chiqishmagan. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qarg'alar" Isakni sotmoqchi emas. Ta'kidlanishicha, katta ehtimol bilan "Nyukasl" hujumchi uchun "Liverpul" 116 million funt sterlingdan ko'proq pul to'lasa, uni sotishga rozi bo'ladi - "qizillar" hujumkor yarim himoyachi Florian Virtsni sotib olish uchun sarflagan mablag'.
O'tgan mavsumda shvetsiyalik hujumchi barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda qatnashib, 27 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shvetsiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Aleksandrning transfer qiymatini 120 million evroga baholamoqda.