"Nyukasl" hujumchisining jamoadan hafsalasi pir bo'lgan

"Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak klubning unga bo'lgan munosabatidan juda norozi.
Shvetsiyalik futbolchining fikricha, klub unga yaxshilangan shartnoma taklif qilish haqidagi va'dasini buzdi.
Forvard nihoyatda hafsalasi pir bo'lgan, g'azablangan, deb xabar beradi Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Liverpul" bilan kelishuvga erishgan, ammo "zag'izg'onlar" "qizillar"ning transfer taklifini rad etishgan.
Mersisaydliklar yangi taklif bilan qaytishlari mumkin.
25 yoshli futbolchi transfer oynasi yopilgunga qadar hamon Arne Slot jamoasiga o'tishga umid qilmoqda.