"Nyukasl" futbolchisini Janubiy Koreyada qoldirib ketdi

"Nyukasl" himoyachisi Mett Targett jamoasi mavsumoldi turnesini o'tkazgan Janubiy Koreyada qolib ketdi. Bu haqda insayder Frensis Chip xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi delegatsiyasi uyiga uchib ketgan, Targettning yo'qligi esa samolyot havoga ko'tarilganidan keyin ma'lum bo'lgan. 29 yoshli futbolchi eng yaqin reys bilan tumanli Albionga uchib kelishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "qarg'alar" 28 iyuldan 3 avgustga qadar Janubiy Koreyada mavsumoldi turnesini o'tkazgan edi.