“Nyukasl” klubi “Ayntraxt” hujumchisi Ugo Ekitikga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko'ra, frantsiyalik futbolchiga “Liverpul” va “Chelsi” jamoalari ham qiziqish bildirgan va uning atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

“Nyukasl” ham hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Ekitikni sotib olishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda forvard barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.