"Nyukasl" darvozaboni La Ligaga ko'chib o'tishga yaqin turibdi

"Nyukasl Yunayted" posboni Odisseas Vlaxodimos tez orada "Sevilya"ga ko'chib o'tadi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Futbolchi allaqachon ispan jamoasiga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tmoqda, deb xabar beradi Sky Sport Germany muxbiri Dennis Bayer.
Klublar sotib olish huquqisiz bir yillik ijara haqida kelishib oldilar. Odisseas mavsumni yaxshi o'tkazishga va Gretsiya terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishga umid qilmoqda.