"Nyukasl" "Chelsi" himoyachisini sotib olishi mumkin

"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi "Nyukasl"ga o'tishi mumkin. Bunday ma'lumotlar bilan insayder Sebasten Vidal bo'lishdi.
Avvalroq, "Atalanta" inglizlarning ustuvor maqsadi bo'lgan Jorjo Skalvinini "qarg'alar"ga sotishdan bosh tortgani ma'lum bo'lgandi.
Manbaga ko'ra, Skalviniga muqobil sifatida "Nyukasl" "ko'klar" tomonidan 30 million evroga baholanayotgan Disasini ko'rmoqda.
O'tgan mavsumning ikkinchi qismini Disasi "Aston Villa"da ijarada o'tkazgan edi.
27 yoshli frantsuzning "Chelsi" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilga qadar imzolangan.