"Nyukasl" "Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi transferiga qiziqish bildirmoqda va dastlabki muzokaralarni o'tkazdi.

London klubi 27 yoshli futbolchi uchun 35 mln evro talab qilmoqda, ammo "qarg'alar" 30 mln evrolik narx borasida kelisha olishlari ehtimoli bor.

Shu bilan birga, Disasiga "Vilyarreal" ham qiziqish bildirmoqda, ammo aynan "Nyukasl" uning transferi uchun kurashda etakchilik qilmoqda.