"Nyukasl" Yugo Ekitike uchun taklif bilan chiqdi.

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, ingliz klubi "Ayntraxt" hujumchisi uchun 70 million evrodan ko'proq taklif qilgan. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Frantsiyalik futbolchi Bundesliganing o'tgan mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.