"Nyukasl" "Aston Villa" xavbeki transferini 46 million evroga yopishga yaqin turibdi

"Aston Villa" xavbeki Jeykob Remzi "Nyukasl"ga o'tishga yaqin turibdi. Klublar kelishuvni yopish arafasida, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Transfer "hakkalar"ga 40 mln funtga (taxminan 46 mln evro) tushadi.
24 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Vest Xem" ham urinib ko'rgan, biroq inglizning o'zi "Nyukasl"ni ma'qul ko'rgan.
Jeykob Remzi "Aston Villa" safida 167 ta o'yinda maydonga tushgan. Futbolchi 17 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan, shu jumladan, 2024/25 yilgi mavsumda 45 ta o'yinda to'rtta gol va ettita golli uzatmani amalga oshirgan.