Hujumchi Darvin Nunes "Liverpul"ni tark etmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi Nunes transferi bo'yicha "Liverpul" bilan to'liq kelishib olgan.

"Al-Hilol" 26 yoshli Nunes uchun 53 million evro to'laydi. Bonus to'lovlari hisobiga transfer summasi oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, hozirda "Al-Hilol" Nunes bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda. Tez orada urugvaylik Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish uchun "yashil chiroq" yoqishi kerak.

Avvalroq, matbuotda Darvin Nunesga yana bir klub - Italiyaning "Milan" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.