Nunesning ketishi frantsuz forvardining "Liverpul"ga transferini tezlashtirishi mumkin

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi markaziy hujumchisi Ugo Ekitike "Liverpul"ning yangi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Jurnalist Sebasten Vidalning yozishicha, agar urugvaylik hujumchi Darvin Nunes "Liverpul"dan ketishga qaror qilsa, mersisaydliklar Ekitikening transferini tezlashtirishga harakat qiladi. "Qizillar" 23 yoshli frantsuzni 100 million evroga qo'lga kiritishiga ishonmoqda, chunki futbolchining o'zi Arne Slotning loyihasiga qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Ekitike 48 ta uchrashuvda 22 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, forvard o'z hisobiga 12 ta assist yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.