"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. A Seriya grandi Dushan Vlaxovich bilan xayrlashib, yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yangi forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi. La Stampa xabariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati Nunes bo'yicha muzokaralarni rejalashtirgan. "Liverpul" urugvaylik futbolchi uchun 60 mln evro atrofida pul so'ramoqda, ammo u ijaraga ham rozi bo'lishi mumkin.

Darvin Nunesni qo'lga kiritishga "Napoli" va Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham qiziqish bildirgan. 26 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.