Nunes mavsumoldi tayyorgarlik davrida 5 ta gol urdi. U o'tgan mavsum APLda shuncha gol urgan edi

Darvin Nunes "Liverpul"ning mavsumoldi o'yinlarida 5 ta gol urdi.
Bugun ingliz jamoasi hujumchisi o'rtoqlik uchrashuvida "Atletik" darvozasini ishg'ol qildi (4:1). Avvalroq urugvaylik futbolchi "Stok Siti"ga qarshi o'yinda (5:0) xet-trik qayd etgan va "Preston"ga qarshi o'yinda (3:1) bitta gol urgandi.
Premer-liga-2024/25 mavsumi davomida ham Nunes 5 ta gol urgan edi.
26 yoshli forvardning transferiga "Milan" va "Al-Hilol" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.