Nunes kutganidan ham ko'proq summa bo'ladi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, forvard 2028 yilning yoziga qadar 3 yillik shartnoma imzolaydi.
Saudiya Arabistonida forvard uch mavsum davomida 66 million evro ishlab oladi, bu urugvaylik futbolchining "Liverpul"da olgan maoshidan ancha ko'p.
Avvalroq Saudiya klubi futbolchi uchun «Liverpul»ga 53 million evro to'lashi, bunda bonuslar ham hisobga olinmagani xabar qilingandi.