Nunes APLda qoladimi? "Nyukasl" transfer ustida ish boshlamoqchi

"Liverpul" markaziy hujumchisi Darvin Nunes faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
26 yoshli urugvaylik forvardga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. "Qarg'alar" "Ayntraxt"dan Ugo Ekitikeni sotib ololmagach Nunes variantiga e'tibor qaratishmoqda.
Darvin hozirda Transfermarkt portalida 45 million evroga baholangan. Uning "qizillar" bilan shartnomasi 2028 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.