Nunes "Al-Hilol"ga o'tishga rozi bo'ldi

"Liverpul"ning urugvaylik forvardi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga ijobiy javob qaytardi. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchi "Al-Hilol" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Endi Saudiya Arabistoni jamoasi Nunes uchun katta pul olmoqchi bo'lgan "Liverpul" bilan kelishib olishi kerak. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, mersisaydliklarni 70 million evrolik taklif qanoatlantirishi mumkin.
Nunes o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 7ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.