"Nottingem" "Renn" to'purarini 31,5 mln evroga xarid qilmoqda

"Nottingem Forest" Arno Kalimuendoni sotib olishga kelishib oldi.
Ingliz klubi "Renn" bilan 23 yoshli hujumchini sotib olish shartlarini kelishib oldi.
"Nottingem" frantsiyalik forvard uchun 31,5 million evro to'laydi. Futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
O'tgan mavsumda Arno Kalimuendo "Renn"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi va Liga 1da 33 o'yinda 3ta golli uzatma bilan 17ta gol urdi.
Hujumchi avvalgi uch mavsumni "Renn"da o'tkazgan.