Turkiyaning "Beshiktosh" klubi "Nottingem Forest" vingeri Kallum Xadson-Odoiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Sasha Tavoleri xabariga ko'ra, 24 yoshli ingliz hozircha turk klubiga o'tishga qiziqish bildirmayapti. U faoliyatini APLda davom ettirish niyatida.

Xadson-Odoining Transfermarkt portalidagi bahosi 25 million evro. Uning "o'rmonchilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.