"Nottingem Forest" Omari Xatchinson bilan shartnoma imzoladi. "O'rmonchilar" "Ipsvich" yarim himoyachisi transferini e'lon qildi. Tomonlar 5 yillik shartnoma imzolashdi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, kelishuv 37,5 million funtni tashkil qiladi.

O'tgan mavsumda Xatchinson Premer-ligada 31 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.