"Nottingem Forest" "Tottenxem"dan bo'layotgan qiziqish fonida etakchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi

"Nottingem Forest" hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytga "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Daily Mail xabariga ko'ra, "o'rmonchilar" 25 yoshli inglizni sotishni qat'iy rad etmoqda.
Klub rahbariyati Gibbs-Uayt bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnomani yaxshilangan shartlarda uzoq muddatga cho'zmoqchi.
Transfermarkt portali inglizning narxini 50 million evroga baholamoqda.